Institutda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi

13/03/2026

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-sonli farmoyishi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 3-martdagi 04/20-2/2-1-sonli xatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2026-yil 7-martdagi 72-A sonli buyrug‘i ishlab chiqildi.

✅ Mazkur buyruqqa ko‘ra DTPIda 13-14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📍 Institutda faoliyat olib borayotgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar va xo‘jalik bo‘limi xodimlari tomonidan, barcha o‘quv binolari hovlilar atrofi, ariqlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va butalash ishlarini tashkil qilish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali, manzarali va gul ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi.