Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi

10/03/2026

🏛 Fakultetda talabalar ta’lim-tarbiyasi hamda o‘qish jarayonidagi natijalarni muhokama qilish maqsadida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi tashkil etildi.

⚡️ Yig‘ilishda tyutor A.Yuldashev guruhlari talabalari ota-onalari, fakultet dekani M.Toshboboyev, dekan o‘rinbosari A.Ibragimov, professor R.Bozorov hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

📚 Unda o‘quv jarayoni, davomat va faollik, odob-axloq qoidalari, talabalarning TTJ va ijarada yashash holati hamda grant taqsimoti masalalari muhokama qilindi. Ota-onalarning savollariga javob berilib, 1-semestr natijalari tahlil qilindi hamda talabalarning o‘zlashtirishi va davomatini ota-onalar bilan hamkorlikda nazorat qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yakunda institutda yaratilgan shart-sharoitlar tanishtirildi.