Hindiston delegatsiyasining Hind o‘quv markaziga tashrifi

04/03/2026

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi institut huzuridagi Hind va RIM o‘quv markazi faoliyati hamda unda olib borilayotgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

🖇 Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

📌 Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasida amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.