Xalqaro hamkorlik

04/03/2026

🌍 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga Hindistonning nufuzli ta’lim muassasalari rahbarlari Girish K. Chandel — Indira Gandhi Agricultural University rektori, Dr. Lalit Aggarwal — Management Education & Research Institute vitse-prezidenti, Dr. Hulas Pathak — Indira Gandhi Agricultural University Agribiznes boshqaruvi bo‘limi mudiri, Mamata Aggarwal — Ramakrishna Senior Secondary School direktori rasmiy tashrif bilan kelishdi.

🤝 Mehmonlar institut faoliyati, ta’lim jarayonlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

📌 Ma’lumki, 2025-yil 18–25-avgust kunlari institutimiz delegatsiyasi Hindistonga tashrifi davomida Indira Gandhi Agricultural University hamda Management Education & Research Institute bilan hamkorlik memorandumlari (MOU) imzolangan edi. Bugungi tashrif ushbu kelishuvlarning amaliy davomi bo‘ldi.