Qayta ōqiş uçun ariza beriş muddati tugaşiga 1 kun qoldi

27/02/2026

        Taʼlimning kredit-modul tizimida bakalavriat taʼlim yōnalişlarining kunduzgi, sirtqi, keçki, masofaviy taʼlim şakli va magistratura mutaxassisligida tahsil oluvçi, fanlardan akademik qarzdorligi bōlgan 1-2-3-4-5-bosqiç talabalariga Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida ōquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etiş tartibi tōḡrisida Nizom”, institut “Akademik qoidalari”ning 9-bob, 80-81-82-bandlariga asosan semestr natijalari bōyiça akademik qarzdorliklarini 2025-2026 ōquv yili bahorgi semestri mobaynida ōz hisobidan qayta ōqib, ōzlaştirişlari uçun ruxsat berilmoqda.
        Qayta ōqiş uçun kontrakt.edu.uz billing tizimi orqali ariza beriş va tegişli fanlardan ōzlaştirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravişda bazaviy tōlov-kontrakt miqdoridan kelib çiqqan holda tōlovni (tōlov haqidagi maʼlumotnomani taqdim qiliş muddati ham) amalga oşiriş muddati – 2026-yil 28-fevral sanasiga qadar etib belgilandi.
Eslatma: Tōlov maʼlumotnomasi taqdim etilgandan sōng HEMIS axborot tizimi orqali qayta ōqiş uçun yozma ariza beriş registrator ofisi menejerlari yordamida amalga oşiriladi.
        Qayta ōqiş şartnomasida kōrsatilgan tōlov pulini tōliq miqdorda va belgilangan muddatda amalga oşirmagan talabalarning arizasiga rad javobi beriladi.
        Manzil: Registrator ofisi (asosiy), Denov tumani, Ş.Raşidov kōçasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona, tel.: +998 90 071 96 96
        Registrator ofisi (tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti), Denov tumani, Boḡ kōçasi, 112-uy, 1-qavat, 102-xona,                 tel.: +998 97 697 00 33
        Registrator ofisi (pedagogika fakulteti), Sariosiyo tumani, Istiqlol kōçasi, 49-uy, 1-qavat, 109-xona,                                 tel.: +998 90 645 69 33
https://t.me/dtpi_registrator_office_bot