🏢 17-fevral kuni Denov tumani hokimligi tomonidan tumandagi taşkilot va idoralarda faoliyat olib borayotgan erkak va ayol xodimlar ōrtasida sportning mini-futbol hamda voleybol turlari bōyiça ōtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasi ḡoliblarini taqdirlaş marosimi bōlib ōtdi.
📍 Musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham munosib iştirok etib, yuqori natijalarga erişdilar. 🥇 Institutimizning erkaklar jamoasi faxrli 1-ōrinni qōlga kiritdi. 🥉 Ayollar terma jamoasi esa 3-ōrinni egallab, munosib natija qayd etdi.
🏆 Ḡolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovḡalari bilan taqdirlandilar. Taqdirlaş marosimi Denov tumani hokimi Anvar Normamatov tomonidan tantanali ravişda amalga oşirildi.
📌 Mazkur musobaqa jamoaviylikni mustahkamlaş, soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş hamda sportga bōlgan qiziqişni yanada oşirişga xizmat qiladi.