⚡️ Ōzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-yanvardagi 18-sonli buyruḡi ijrosini taʼminlaş hamda yoşlarni tayyorlov kurslari orqali umumtaʼlim fanlari bōyiça bilimlarini oşiriş uçun qōşimça şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A.Ruziyev tomonidan Aniq va tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi qoşida “BIOLOGIYA” fani kursi taşkil etilib, kafedraning malakali ōqituvçisi A.Bolliyev masʼul qilib biriktirilgan edi.
📌Mana bugun kafedraning malakali ōqituvçisi A.Bolliyevning maşaqqatli mehnatlari natija berib, Denov tumanidagi 22-51-90-umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf ōquvçilar Abdurahmonova Tamanno, Ahmedov Olimjon, Donayev Bobur, Abduqodirov Hasan, Xurramov Abdulazizlar kursning dars maşḡulotlarida faol qatnaşib, umumtaʼlim fanlaridan Oliy taʼlim muassasalariga kiriş imtihonlarida imtiyoz beruvçi milliy sertifikatlarga ega bōlişdi.
✅ Institut rektori O.Ruziyev tomonidan sertifikat sohiblari munosib raḡbatlantirilib, ularga Taşakkurnoma hamda Badiiy kitoblar topşirildi. Uşbu eʼtibor yoşlarning ilm-fan yōlidagi saʼy-harakatlarini yanada qōllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.