Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbir doirasida Alisher Navoiy haykaliga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

09/02/2026

Ayni daqiqalarda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sh. Rashidov ko‘chasi, 360-uyda joylashgan binosi hududida buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan aziz bobokalonimiz haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur marosimda Denov tumani hokimi Anvar Normamatov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev tabrik so‘zlari bilan ishtirok etib, Mir Alisher Navoiy merosining bugungi yoshlar tarbiyasidagi beqiyos ahamiyati haqida fikr bildirmoqda.

Tadbirda faxriylar, professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar faol qatnashib, milliy merosimizga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborni namoyon etishmoqda. Bayramona ruhda o‘tayotgan marosim barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ma’naviy ruh bag‘ishlamoqda.