Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya va qişloq xōjalik mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi mustaqil tadqiqotçisi Qurbonov Otabek Abdurasul ōḡli Guliston davlat universiteti qoşidagi Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyasida “Surxondaryo viloyati şaroitida ayrim dukkakli ōsimliklarning fiziologik va biokimyoviy kōrsatkiçlariga auksinlarning taʼsiri” ilmiy iş mavzusi doirasida ōn kunlik amaliy stajirovka ōtab keldi.
Stajirovka tajribalari davomida fitogormonlar eritmalari hamda nazorat uçun distillangan suvdan foydalanib, nōxot, loviya, moşning laboratoriya şaroitida uruḡlarning suv şimiş kuçi, unuvçanligi, uruḡlarning unuvçanlik energiyasi, dastlabki ildiz uzunligi, dastlabki kleyoptil uzunligiga taʼsiri, qiyosiy statistik jadvallar qilinib, ilmiy xulosalar çiqarildi.