⚡️ Ma’lumki, bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida vaqtincha ishsiz bo‘lgan aholi vakillari, shuningdek bitiruvchi kurs talabalari uchun xorijda ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida xorijiy ish beruvchilar ishtirok etishdi.
🖇 Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan “Jobex”, “Workmall”, “Reiwa” xususiy bandlik agentliklari bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.
📌 Endilikda institut bitiruvchilari va talabalarini xorijiy davlatlarda qonuniy asosda ishga joylashtirish imkoniyati yaratildi.