“Besh tashabbus”

31/01/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev boshchiligida Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi hamda “Besh tashabbus” loyihalari koordinatori tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli Farmoni ijrosi doirasida, talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida “Yoshlar giyohvandlikka yo‘q deydi” shiori ostida o‘tkazilgan mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi 30-yanvar kuni o‘z nihoyasiga yetdi.

⚽️ Musobaqa natijalariga ko’ra:
🥇 1-o‘rin — Pedagogika fakulteti 2-jamoasiga,
🥈 2-o‘rin — Pedagogika fakulteti 1-jamoasiga,
🥉 3-o‘rin — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti 1- va 2-jamoalariga nasib etdi.

🏆 G‘olib va sovrindor jamoalar rektorimiz O.Ruziyev tomonidan munosib taqdirlandi.

💪 Sport — sog‘lom hayot va kelajak garovi!