Malaka oshirish kurslari boshlandi

02/02/2026

Bugundan boshlab Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Orzu qanoti” NTT bilan hamkorlikda 2026-yil fevral oyi uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Mazkur tashabbus doirasida DTPI va “Orzu qanoti” NTT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy va Sho‘rchi tumanlarida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari matematika, ona tili va adabiyoti, ingliz tili hamda informatika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan kurslarda qatnashib, o‘z bilim va malakalarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.