Tanishtiruv uchrashuvi

28/01/2026

🏢 Bugun ITEC dasturi doirasida Hindistonning Hyderabad shahrida joylashgan Ingliz va xorijiy tillar universitetida (EFLU) malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun DTPIi faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari hamda qisqa vaqt ichida erishilgan yutuqlar yuzasidan tanishtiruv ishlari olib borildi.

🌟 Sarvar Hafizov tomonidan institutimizning o‘quv jarayoni, ilmiy salohiyati, xalqaro hamkorlik aloqalari va istiqbolli yo‘nalishlari haqida va rasmiy veb-sayti orqali ta’lim dasturlari, ilmiy faoliyat, loyihalar va yangiliklar bilan tanishish imkoniyati ko‘rsatib berildi.

👍🏻 Uchrashuvda Benin, Butan, Kambodja, Kot-d’Ivuar, Ekvador, Gana, Gvineya, Iroq, Qirg‘iziston, Mali, Mongoliya, Myanma, Nepal, Panama, Peru, Rossiya, Senegal, Shri-Lanka, Tojikiston, Tanzaniya, Vetnam va Zimbabve kabi mamlakatlardan kelgan tinglovchilar ishtirok etdi. Taqdim etilgan ma’lumotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, savol-javoblar orqali samarali va mazmunli tajriba almashinuvi amalga oshirildi.