Yangi o‘quv qo‘llanma taqdimoti

26/01/2026


📚 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida muhim ilmiy-ma’rifiy tadbir — fakultet dekani M.Toshboboyev hamda “Tarix va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi M.Jo‘rayev hammuallifligida tayyorlangan “Dinshunoslik” o‘quv qo‘llanmasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔗 Tadbirda dekan o‘rinbosari A.Ibragimov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Taqdimot jarayonida o‘quv qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan dolzarb mavzular, diniy bilimlarni ilmiy asosda o‘rganishdagi ahamiyati hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

💥Shuningdek, mazkur qo‘llanma talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, bag‘rikenglik va ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

📌 Taqdimot yakunida “Dinshunoslik” o‘quv qo‘llanmasi institut kutubxonasi fondiga topshirilib, ta’lim jarayonida foydalanish uchun taqdim etildi.