📍 Denov tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Isanov hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev institut professor-o‘qituvchilari va olimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔰 Uchrashuv davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir takliflar muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅ Shuningdek, institut olimlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida innovatsion va amaliy loyihalar, startaplar hamda ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
📌 Mazkur loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish ishlari tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab olindi.