Bugun DTPI rektori O. Ro‘ziyev Novosibirsk davlat universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida ochilgan “Ona tili va adabiyoti: rus tili” mutaxassisligi bo‘yicha birinchi bosqich magistrantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda Tojikiston Respublikasidan taklif etilgan professor Xusrav Shanbezoda, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J. Choriyev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.b. D. Shukurov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh.Mahmudov hamda sohaga mas’ul boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.
Institut rektori O. Ro‘ziyev o‘z so‘zida mazkur qo‘shma dasturning ahamiyati, uning kelajakda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdagi o‘rni, magistrantlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, talabalarni o‘qish jarayonida faol bo‘lishga, xalqaro tajribadan unumli foydalanishga chorladi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tib, magistrantlar savollariga mas’ul rahbar va mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.