⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: yuqori kurslar kafedrasi katta ōqituvçisi Panjiyeva Şaxodat Olimdjonovna hozirda Janubiy Koreya Respublikasida ilmiy faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. U dunyoning Top–1000 talik nufuzli oliy taʼlim muassasalari qatoriga kiruvçi, 725-ōrinda turadigan Çungnam milliy universitetida tahsil olmoqda.
📌 Ayni paytda Panjiyeva Şaxodat Olimdjonovna uşbu universitetning “Zamonaviy adabiyotşunoslik” yōnalişi bōyiça tayanç doktorantura bosqiçida ōqişini davom ettirib, xalqaro ilmiy tajriba almaşuvi va adabiyotşunoslik sohasidagi zamonaviy tadqiqotlarni çuqur ōrganmoqda. Uning bu yutuḡi institutimizda olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalarining yana bir yorqin namunasi hisoblanadi.