Ōzbekiston va Turkiya ōrtasidagi kōp asrlik qardoşlik riştalari bugungi kunda taʼlim sohasida ham yangi sahifalarni oçmoqda. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Turkiyaning nufuzli Firat universiteti ōrtasidagi hamkorlik aloqalari qisqa vaqt içida çinakam dōstlik va akademik şeriklikka aylanib ulgurdi. Quyida uşbu samarali hamkorlikning şu kungaça bosib ōtgan yōliga nazar taşlaymiz.
Istanbuldagi tarixiy uçraşuv
Barçasi 2024-yilning kuzida, aniqroḡi 27-29-sentyabr kunlari Istanbul şahrida bōlib ōtgan “Ōzbekiston-Turkiya III taʼlim forumi”dan boşlandi. Aynan şu nufuzli anjumanda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.A. Ruziyev va Firat universiteti rektori, professor Fahriddin Gōgtoş (Fahrettin Göktaş), ōzaro hamkorlik memorandumini imzoladilar. Uşbu hujjat ikki oliygoh ōrtasidagi “yaşil yōlak” vazifasini ōtab, katta loyihalarga deboça bōldi.
Ilk qaldirḡoçlar va malaka oşirişdagi yangiça yondaşuv
Kelişuvning amaliy ijrosi uzoq kuttirmadi. Institutimiz professor-ōqituvçilari uçun maxsus gibrid şakldagi malaka oşiriş dasturi işlab çiqildi. Ustozlarimiz dastlabki 15 kun davomida onlayn bilim olgan bōlsalar, keyingi ikki haftani bevosita Elaziḡ şahrida, Firat universiteti auditoriyalarida ōtkazdilar.
2025-yilning aprel oyidagi ilk taşrif çinakamiga unutilmas voqealarga boy bōldi. Delegatsiyamiz nafaqat xorijiy tajribani ōrgandi, balki ōzbek madaniyatini ham namoyiş etib, hamkorlarimiz bilan birgalikda “Ōzbekiston kuni”ni yuqori saviyada ōtkazdi. Safar yakunida, 29-aprel kuni 144 soatlik dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ōqituvçilarimiz xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ularning Turkiyadagi sarguzaştlari va orttirgan tajribalari haqida Surxondaryo viloyati teleradiokanalining “Munavvar kun” dasturida namoyiş etilgan kōrsatuv kōpçilikda katta qiziqiş uyḡotdi.
Talabalarimiz – bizning faxrimiz
Hamkorlik faqatgina professor-ōqituvçilar almaşinuvi bilan çeklanib qolgani yōq. 2025-yilning 6-oktyabr kuni Ōquv işlari bōyiça prorektor Usmonjon Bōtayev boşçiligida 4 nafar iqtidorli talabamiz bir semestr davomida tahsil oliş uçun Turkiyaga yōl oldi. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili va Jismoniy madaniyat taʼlim yōnalişi talabalari qisqa vaqt içida mahalliy muhitga kirişib, institutimiz nomini munosib himoya qilişdi.
Ayniqsa, 2025-yil dekabr oyida Turkiyaning maşhur veb sayti hamda (https://www.elazigfirat.com/haber/26993373/ozbekistandan-elaziga-egitim-icin-geldi-hayran-kaldi) naşrida talabamiz Mavluda Ōrolova haqida çop etilgan maqola barçamizni quvontirdi. “Ōzbekistondan Elaziḡga taʼlim oliş uçun kelib, şaharga maftun bōldi” sarlavhasi ostidagi uşbu material talabalarimizning xalqaro maydonda ham ōz ōrnini topa olayotganidan dalolat beradi.
Ilm-fan integratsiyasi
Akademik aloqalar ilmiy muloqotlarsiz mukammal bōlmaydi. 2025-yilning 20-noyabr kuni Denovda ōtkazilgan “Lingvistika va pedagogik texnologiyalar: xalqaro tajribalar va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya bunga yaqqol misol bōldi. Anjumanda Firat universiteti olimlari ōz maʼruzalari bilan iştirok etib, sunʼiy intellekt va zamonaviy tilşunoslik masalalarida qimmatli fikrlarini ōrtoqlaşdilar. Bu tadbir ikki tomonlama ilmiy integratsiyaning yangi bosqiçi bōldi.
Bugungi kun nafasi
Ayni şu kunlarda, yaʼni 2026-yilning yanvar oyida hamkorlik aloqalari qizḡin davom etmoqda. Ayni vaqtda 15 nafar professor-ōqituvçimiz Firat universitetida stajirovka ōtamoqda.
Kuni keça, 13-yanvar sanasida bōlib ōtgan uçraşuvlar esa ayniqsa samarali keçdi. Xorijiy til va adabiyoti kafedralari va Taʼlim fakulteti rahbariyati bilan keçgan samimiy muloqotlar çoḡida tomonlar Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalarga kiruvçi jurnallarda hamkorlikda maqolalar çop etişga kelişib oldilar. Şuningdek, ōquv dasturlarini ōzaro muvofiqlaştiriş va ilḡor pedagogik metodikalarni ōzlaştiriş bōyiça amaliy işlar boşlab yuborildi.
Xulosa ōrnida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Firat universiteti ōrtasidagi uşbu hamkorlik şunçaki rasmiyatçilik emas, balki aniq maqsadlarga yōnaltirilgan istiqbolli loyihadir. Bu aloqalar ustozlarimizga yangi ufqlarni oçiş, talabalarimizga dunyoqaraşini kengaytiriş imkonini bermoqda. Işonamizki, bu dōstlik kōprigi kelajakda yanada ulkan yutuqlarga zamin yaratadi.