Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “Ōzbekiston Respublikasida aholi va qişloqxōjaligini rōyxatga oliş tadbirini ōtkaziş tōḡrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan boşlab 28-fevralga qadar respublika miqyosida aholi va qişloq xōjaligini rōyxatga oliş jarayonlari amalga oşirilmoqda. Uşbu muhim jarayonda DTPIdan bir guruh faol va taşabbuskor kōngilli talabalar iştirok etmoqda. Ularning faoliyatini taʼminlaş maqsadida viloyat işçi guruhi vakillari tomonidan joriy yilning 12-yanvar kuni maxsus seminar-trening maşḡulotlari taşkil etilib, rōyxatga oliş jarayonining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari batafsil tuşuntirildi. Tadbirda: Institut rektori O.Ruziyev, ōquv işlari bōyiça v.v.b. prorektor D.Şukurov, Viloyat statistika boşqarmasi boşliḡi ōrinbosari M.Raxmonov va statistika boşqarmasi bōlim boşliḡi A.Dōstnazarov hamda Denov, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tuman statistika bōlimi boşliqlari iştirok etişdi.