Kutubxonaga tashrif va kitoblar tuhfasi

16/01/2026

• Turkiyada bo’lib turgan Xorijiy filologiya kafedralari professor-o’qituvchilari Firat universitetning zamonaviy axborot-resurs markazi (Kütüphane) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

• Tashrif davomida DTPI tomonidan tayyorlangan maxsus kitoblar to‘plami universitet kutubxonasi fondiga sovg‘a sifatida topshirildi.

• Ushbu tuhfa o‘zaro ilmiy va madaniy almashinuvning ramziy belgisi sifatida qabul qilindi.

⚽️ Sport bo‘limidagi imkoniyatlar
O‘qituvchilar universitetning sport bo‘limida bo‘lib, talabalar va xodimlar uchun yaratilgan keng ko‘lamli sharoitlar bilan tanishdilar.

🏛 Elazığ “Kent” (Shahar) muzeyiga sayohat
• Kunning eng yorqin qismlaridan biri Elazığ shahar muzeyiga (Kent Müzesi) tashrif bo‘ldi.
• Guruh a’zolari Elazığ shahrining boy tarixi, qadimiy madaniyati va turmush tarzi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.