⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti taşabbusi bilan 14-yanvar — Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir taşkil etildi. Mazkur tadbirda institut rektori O. Ruziyev, harbiy soha vakillari, professor-ōqituvçilar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdilar. Tadbir davomida Vatan himoyaçilarining jasorati, fidoyiligi va mamlakat tinçligini taʼminlaşdagi muhim ōrni alohida eʼtirof etildi.
📌 Şuningdek, tadbir doirasida vatanparvarlik ruhini yuksaltiruvçi çiqişlar, şeʼrlar va musiqiy sahna kōrinişlari namoyiş etildi. Harbiylar bilan bōlib ōtgan samimiy suhbatlar talabalarda Vatanga sadoqat, milliy ḡurur va masʼuliyat tuyḡularini yanada mustahkamladi. Tadbir iştirokçilari uşbu bayram tadbiri yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.