Hurmatli professor-oʻqituvchilar, xodimlar va aziz talaba-yoshlar !
13/01/2026
14-yanvar kuni soat 9:00 da Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan binosi hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”ni yaratish maqsadida daraxt ko‘chatlari ekish marafoniga start beriladi.
Ushbu buyuk tashabbusga barcha mehribon, vatanparvar va mehnatsevar professor-o‘qituvchilar, faol xodimlar hamda yuksak ma’naviyatli talaba-yoshlarimizni samimiy taklif qilamiz. Keling, birgalikda tabiatimizni obodonlashtiraylik, kelajak avlodlarga ozoda va yashil muhit qoldiraylik!
Bu muhtasham bog‘da o‘z qo‘lingiz bilan ekilgan har bir daraxt – bizning mehrimiz, sa’y-harakatimiz va yoshlarimizga bo‘lgan ehtiromimiz timsoli bo‘ladi.
“Ziyolilar bog‘i”da o‘z koʻchatingizni ekib, tabiatga munosib hissa qo‘shing!