⚡️O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist, Xorazmlik taniqli san’atkorlar aka-uka Eshjonovlar Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurib, bu yerda faoliyat yuritayotgan Karyera hamda Axborot-resurs markazlarida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlarga talabalar va bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kasbiy yo‘naltirish, bandlikni ta’minlashga qaratilgan loyihalar hamda ARMda mavjud elektron va bosma manbalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌 Uchrashuv davomida aka-uka Eshchonovlar yoshlarning bilim va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan bunday tashabbuslarni yuqori baholab, institut jamoasiga o‘z minnatdorliklarini bildirdilar. Shuningdek, ular talabalar bilan ijod, san’at va shaxsiy rivojlanish borasida samimiy suhbatlashib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish istagini bildirdilar.