🏛 Ma’lumki, Sankt-Peterburg shahrida joylashgan A.I.Gersen nomli Rossiya davlat pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi oliygohlari orasida eng peshqadam OTMlardan biridir.
📌 Kuni kecha Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Choriev Jo‘raqul G‘afforovich mazkur oliygohning Toshkent filialida bo‘lib, oliygoh rahbarlari bilan uchrashdi.
🔷 Uchrashuvda oliygohlar o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi. Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qizg‘in muhokama qildilar.