Tarḡibot

06/01/2026

🖇Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Ōzbekiston xalqiga yōllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkaziş, tarḡibot-taşviqot işlarini amalga oşiriş, belgilangan ustuvor maqsad va vazifalar ijrosini amalda joriy etiş yuzasidan institut rektori Oybek Abdumōminoviç Ruziyev iştirokida Pedagogika fakulteti professor-ōqituvçilari bilan uçraşuv bōlib ōtdi.

🖌 Prezidentimiz Murojaatnomasida islohotlarning real natijalari, ōzgarişlarning hayotimizdagi aksi va kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida aniq fakt va raqamlar keltirilgan bōlib, fakultet jamoasiga ularning mazmun-mohiyati, oliy taʼlim tizimiga tatbiq etilişi zarur bōlgan çora-tadbirlar haqida ham sōz yuritildi.