Jarayon

25/12/2025

⚡️ Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 2025-yil dekabr oyiga bag‘ishlangan fakultet kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut rahbariyati, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.

📌 Kun tartibidan fakultetning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi. Jumladan, fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faolligini kuchaytirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish hamda talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, semestr yakunlari, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va kelgusi rejalar yuzasidan mas’ul shaxslarga topshiriqlar berildi.