DTPIda Axborot-resurs markazi faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

12/12/2025

⚡️ Unda ARMning asosiy yangiliklari, fondning kengayishi va zamonaviy axborot xizmatlari taqdim etildi. Hozirda ARM fondi 14 538 nomdagi 34 915 dona bosma adabiyot, shuningdek Unilibrary.uz tizimida 98 779 dona elektron resurs bilan boyitilgan. 2025–2026 o‘quv yili davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan 1286 dona adabiyot sovg‘a qilindi, institut tomonidan esa 1196 dona darslik va qo‘llanmalar xarid qilindi. Shuningdek, 56 nafar professor-o‘qituvchi muallifligidagi 236 nomdagi 1364 ta adabiyot ARMga topshirildi.

📌 Markaz bir vaqtning o‘zida 350 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy o‘quv zallari, kompyuter xonalari, Wi-Fi tarmog‘i va 24/7 elektron kutubxona tizimi bilan jihozlangan. Tadbir davomida ARMning kitobxonlik targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy loyihalari ham yoritildi.