“Islohotlar bilimdoni” respublika kōrik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqiçi ḡoliblari aniqlandi!

02/12/2025

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va ōquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy kōrik-tanlovi final bosqiçining yakuniy 2-şarti bōlib ōtdi. Unda saralangan (https://t.me/yoshlareduuz/19063) 50 nafar iştirokçi ōz taqdimotlarini ōtkazdilar.

☝️Nomzodlarni baholaşda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izçil tuşuntira olişi, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi amaliy işlari va şaxsiy taşabbuslari, şuningdek, berilgan savollarga tōḡri va asosli javob berişi asosiy mezon bōldi.

Har bir nominatsiya bōyiça taqdimotlar yakunlanişi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda ḡoliblar eʼlon qilindi (ḡoliblar rōyxati yuqoridagi rasmda kōrsatilgan). Final bosqiçida qatnaşgan barça iştirokçilariga Vazirlikning taşakkurnomalari topşirildi.

✅Tanlov ḡoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravişda bazaviy hisoblaş miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.