DTPI rektori O.A. Ruziyev doktorantlar bilan uçraşuv ōtkazmoqda. Uçraşuv jarayonida ilmiy salohiyatni rivojlantiriş masalalari muhokama qilinib, doktorantlarning ilmiy izlanişlariga oid dolzarb yōnalişlar yuzasidan fikr almaşilmoqda. Rektor ilmiy faoliyatni samarali taşkil etiş, metodologik yondaşuvlarni takomillaştiriş hamda yoş tadqiqotçilarni qōllab-quvvatlaş borasida ōz mulohazalarini bildirmoqda.
📌 Şu bilan birga, O.A. Ruziyev doktorantlarning ilmiy loyihalari, ularning taklif va taşabbuslari bilan tanişib bormoqda. Uçraşuv ilmiy muhitda oçiq muloqot, konstruktiv fikr almaşinuvi va hamkorlik ruhini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Hozirgi suhbat davomida doktorantlar ōz ilmiy ḡoyalari bilan ōrtoqlaşib, rektor tomonidan berilayotgan tavsiyalarni tinglamoqda.