Uchrashuv

26/11/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ta’lim sifati nazorati bo‘limi hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi mas’ullari tomonidan Denov tumanidagi 19- va 17-umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, 12- va 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida talabalar amaliyot jarayonlarini monitoring qilish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida talabalarning dars jarayoniga tayyorgarligi, metodik yondashuvi, mashg‘ulotlarni tashkil etish ko‘nikmalari hamda amaliyot rejalarining bajarilishi tahlil qilindi.

📌 Monitoring natijalari amaliyot jarayonining tizimli tashkil etilayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, mutasaddilar tomonidan talabalarga amaliyot samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, pedagogik jarayonni takomillashtirishga doir takliflar muhokama qilindi. Ushbu o‘rganishlar kelgusida ta’lim sifati va talabalar amaliy tayyorgarligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.