📣 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar!
19/11/2025
Sizni 2025-yil, 20-noyabr kuni soat 9:30 da bo‘lib o‘tadigan Xorijiy til va adabiyoti quyi va yuqori kurslar kafedralari tomonidan tashkillashtirilgan “Lingvistika va pedagogik texnologiyalar: xalqaro tajribalar va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkaziladi:
1️⃣ Tilshunoslikning dolzarb masalalari; 2️⃣ Adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik; 3️⃣ Til va adabiyot o‘qitish metodikasi; 4️⃣ Raqamli filologiya va sun’iy intellekt.
📍 Manzil: Sh.Rashidov manzilidagi binoning Faollar zali. 🕙 Boshlanish vaqti: 20-noyabr, soat 9:30 da.
Mazkur ilmiy anjumanda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!