“Faqatgina birga korrupsiyani toʻxtata olamiz”

19/11/2025

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzosi Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti yetakchisi A.Fayziyev tashabbusi bilan “Faqatgina birga korrupsiyani toʻxtata olamiz” shiori ostida chellenj boʻlib oʻtdi.

Ushbu chellenj korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlarning ongida hushyorlikni oshirish, ularni halollik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga undash maqsadida tashkil etilib, fakultet tyutorlarining hamda talabalarning faol ishtiroki bilan o‘tdi.