Denovda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi

13/11/2025

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida Denov tumanida ham mazmunli tadbir tashkil etildi. Tadbir 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan o‘tkazilib, unda tuman hokimligi vakillari, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) jamoasi hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida turli millat, til va din vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, yurtimizdagi tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik muhitining yorqin namunasi sifatida o‘zaro hurmat va do‘stlik g‘oyalarini targ‘ib etdilar.

Shubhasiz, bu kabi tadbirlar jamiyatda o‘zaro ishonch, bag‘rikenglik va birdamlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.