✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qaroriga muvofiq, har yili noyabr oyi mamlakatimizda “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” sifatida e’lon qilingan.
💬 Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Denov tumani IIB Jinoyat qidiruvi Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi leytenant A. Egamov, institut profilaktika katta inspektori mayor O. Toshtemirov va talabalar ishtirokida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
✅ Tadbir davomida talabalar internetdan ongli foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar. Uchrashuv kibermadaniyatni oshirish va xavfsiz raqamli muhitni shakllantirishga xizmat qildi.