Biologiya fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi

07/11/2025

🏢 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-oktabrdagi 10-4394-sonli xati hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorining 2025-yil 29-noyabrdagi 260-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025-yil 7-noyabr kuni DTPIda Biologiya fan olimpiadasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🎯 Olimpiadaning maqsadi:
Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning fan bo‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda biologiya yo‘nalishida iste’dodli yoshlarni saralab, qo‘llab-quvvatlash.

📌 Tadbirni institut rektori O.Ruziyev va tashkiliy ishchi guruh vakillari ochib berib, ishtirokchilarga olimpiada tartibi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🏆 G‘olib bo‘lgan 1 nafar talabaga biologiya fan olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etish huquqi beriladi.

✅ Bilimli va iqtidorli talabalar uchun bu — katta imkoniyat.