Hokim va talaba yoshlar uchrashuvi

07/11/2025

Bugun Denov tuman hokimi Ilhom Abrorov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev hamrohligida Iqtisodiyot yo‘nalishi 3-kurs talabalari bilan “Hokim va talaba yoshlar uchrashuvi”da ishtirok etdi.

Uchrashuv institutimiz yoshlari bilan samimiy suhbat asnosida o‘tdi. Tuman hokimi viloyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Denov tumani hududida amalga oshirilayotgan ishlarga, institut va bu erda ta’lim olayotgan talabalarga yaratilayotgan qulayliklarga to‘xtaldi.

Talabalar bilan kreativ fikrlashni rivojlantirish, ilmiy izlanishlarga faol kirishish hamda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish borasida ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, talabalarining kelajak rejalari, kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda sun’iy intellekt sohasida o‘z o‘rnini topish bo‘yicha motivatsiyasini oshirishga xizmat qildi.