“Ma’rifat darsi”

05/11/2025

🏛 DTPI rektori O.Ruziyev Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi talabalariga “Xavfsiz hayot” mavzusida “Kelajak soati” darsini tashkil etdi.

🗣 Talabalarda xavfsizlik va sog‘lom ijtimoiy munosabatlar uchun shaxsiy chegaralarning ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilish, o‘zlari va boshqalar uchun hurmatga asoslangan muhit yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish.

🔰 Asosiy g‘oyalar: Shaxsiy xavfsizlik – bu insonning jismoniy, hissiy va psixologik sog‘ligini va hayot sifatini belgilovchi ko‘rinmas chiziqlar bo‘lib, ular shaxsning hayotini, erkinligini va ichki osoyishtaligini saqlashga xizmat qiladi.

📌 Shaxsiy xavfsizlik haqida qayg‘urish sog‘lom fikr, o‘zaro ishonch va hurmatni ta’minlaydi. O‘z xavfsizligi haqida qayg‘urish – bu o‘zini qadrlash, o‘z huquqlarini bilish va boshqalarning ham huquqlariga hurmat bilan yondashishning ajralmas qismidir.

🔹 Barcha guruhlarda “Xavfsiz hayot” mavzusida “Kelajak soati” tashkil etildi.