🏛DTPI Pedagogika fakulteti dekani R.Salomova fakultet talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda talabalarning sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari, mustaqil ta’lim topshiriqlarini topshirish jarayonidagi muammo va kamchiliklari, ilmiy adabiyotlardan foydalanish imkoniyatlari muhokama markazida bo’ldi.
🌟“Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida ham ochiq muloqot o‘tkazilib, talabalarning maqsad va qiziqishlari, pedagoglik layoqati, jamoa bilan ishlay olish ko‘nikmalari, mas’uliyatni his etishi kabi yo‘nalishlarda talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
💫 Jarayon qizg‘in munozara va muhokamalarga boy tarzda kechdi. Ochiq muloqot talabalar uchun yangi marralar sari ilhom va kuch bag‘ishladi.