🏛 Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Oʻz kelajaging uchun oʻzing masʼulsan” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

31/10/2025

✅ Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi P. Normamatova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Uchrashuvda tarix fanlari doktori, professor D.Yaqubova va iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori N.Eshqobilova ishtirok etdilar.

✅ Suhbat davomida insonning hayotdagi o‘rni va muvaffaqiyati uning mas’uliyat hissi bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar “Men kim bo‘laman?”, “Vatanimga qanday foyda keltiraman?” kabi savollarga javob izlash orqali o‘z yo‘lini topishi zarurligi qayd etildi.

✅ Tadbir yakunida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va suhbatdan ijobiy taassurotlar bilan chiqishdi.