OTM va mahalla hamkorligi doirasida o‘rtoqlik uchrashuvi
30/10/2025
⚡️ Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi jamoasi tashabbusi bilan OTMlar va mahalla hamkorligi doirasida voleybol (qizlar o‘rtasida) bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.
🤝 Musobaqada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Termiz davlat pedagogika instituti, Denov tumani “Chuqurqishloq” MFY hamda Boysun tumani “Dashtig‘oz” MFY jamoalari faol ishtirok etishmoqda.
✅ Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘zaro hamkorlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.