Ma’rifat ulashib

27/10/2025

📌 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Maʼrifat ulashib” loyihasi asosida boshlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar 1-talabalar turar joyida oʻtkazilgan adabiy kecha hamda osh chempionati bilan yakunlandi.

❇️ Tadbir mehmonlari – Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab, Shoira Shams hamda talabalarning bugungi kun adabiyoti, mutolaaga munosabat, tarjimachilik masʼuliyati kabi masalalar haqidagi savollariga batafsil javob berdilar.

🖌 Muloqot adiblarimizning kitobxonlik madaniyati, ijod mashaqqati, asarlarning yaralish tarixiga doir mulohazalari va xotiralarini yoshlar bilan oʻrtoqlashish, “Maʼrifat ulashib” loyihasining maqsadini ularga yana bir bor tushuntirish imkonini berdi.