✅ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar uchun saralash bosqichi bo‘lib o’tdi.
🌟 Tanlovda mukofotga da’vogar, o‘n to‘rt yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, axborot texnologiyalari, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyish etdilar.
🏅 Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni bilish darajasi, ko‘rik-tanlovlardagi faol ishtiroki, shuningdek, iste’dodini bir nechta yo‘nalishda namoyon eta olish qobiliyati hakamlar tomonidan munosib baholandi.
💐 Tanlovning ushbu bosqichi yosh avlod orasida ijodkorlik, faollik va Vatanga muhabbatni kuchaytirish, Zulfiyaxonimning boy adabiy merosiga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.