Jarayon

23/10/2025

Institut rektori O.A.Ruziyev ishtirokida talaba-yoshlarni odob axloq qoidalariga rioya etishlari, o’quv mashg’ulotlari jarayonlarida telefondan foydalanish madaniyati, qolaversa, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash va sog’lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida hamda giyohvandlik, psixotrop va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning salbiy oqibatlari haqida davra suhbati o‘tkazildi.

✅ Tadbirda talabalar narkotik moddalarning noqonuniy savdo-sotiq jarayonlari va buning mudhish oqibatlari, shuningdek, bu holat uchun qoninda belgilangan jazo choralari tushuntirildi.

📌 Davra suhbati davomida giyohvandlik va psixotrop vositalardan foydalanishning zararli ta’siri haqida videoroliklar namoyish etildi, bu orqali mavzu talabalarga yanada tushunarli tarzda yetkazildi.