Har jabhada faol yoshlar

17/10/2025

🏛Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi S.Xidirov tashabbusi bilan Janubiy – g’arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qism qo’mondonligida “Harbiy qismda bir kunim” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazildi.

Tashrif buyurgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi hamda ko’rgazmali chiqishlar, o’q otish, qurol-aslaxalar namoyishi barchada katta taassurot qoldirdi.

Ushbu tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodning ko’nglida Vatan tuyg’usini yanada kuchaytirishdan iborat bo’ldi.