🖊 Boqiy şaharlar ōzining kōhna tarixi, boy madaniyati va betakror meʼmorçiligi bilan asrlar davomida yaşab kelayotgan maskanlardir. Bunday şaharlar insoniyat sivilizatsiyasining guvohi va merosxōri sifatida alohida ōrin tutadi. Ular nafaqat ōz zamonida siyosiy, madaniy va iqtisodiy markaz bōlgan, balki bugungi kunda ham dunyoning turli burçaklaridan kelgan sayyohlarni ōziga maftun etmoqda.
📌 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori A.Bobonazarov hamda “Tarix va falsafa kafedrasi” professor ōqituvçisi O’.Muminov “Kelajak soati” doirasida talabalarning Boqiy şaharlarimiz mavzusidagi bilim va kōnikmalarini mustahkamlaş maqsadida ōziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Denov tumanida joylaşgan Said Otaliq madrasasi hamda diqqatga sazovor joylarga taşrif buyurişdi.