“Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tayotgan “InnoWeek–2025” — Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi davom etmoqda.

11/10/2025

🇺🇿 Tadbirda respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, 28 ta innovatsion tuman, yoshlar texnoparklari, xalqaro tashkilotlar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari o‘zlarining ilg‘or innovatsion ishlanmalari bilan faol ishtirok etmoqda.
💡 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham haftalik doirasida o‘zining:
🔹 Ko‘rgazmali mahsulotlari
🔹 Startap loyihalari
🔹 Tijoratlashtirish yo‘nalishidagi ishlanmalari bilan munosib ishtirok etmoqda.

👩‍🔬 Shu jumladan, institut vakillari:
👨‍🔬 D. Shukurov, M. Jurayev, I. Sattorov va D. Yulliyev tomonidan quyidagi loyihalar taqdim etildi:
🏗 “Sesmik bardosh bino”
🌿 “Yong‘oq bargining antiseptigi”
⚗️ “Temir kuporosi”
🧪 Mahalliy xomashyolar asosida polimerlar va qoplamalar uchun plastifikatorlar olish texnologiyasi

✨ Ushbu ishlanmalar o‘zining amaliy ahamiyati va innovatsion yondashuvi bilan haftalikda alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi.