Denovlik matonat timsoli — Dilorom Yōldoşeva bilan uçraşuv
11/10/2025
⚡️Bugun Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Mardlik” ordeni sohibasi, “Ayol va zamon” ōquv markazi rahbari Dilorom Yōldoşeva bilan samimiy uçraşuv bōlib ōtdi.
✨Tadbir davomida 2021-yilda yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida ikki oyoḡidan ayrilgan bōlsa-da, hayot sinovlarini matonat bilan yengib ōtgan, imkoniyatsizlikdan imkoniyat yaratgan, qatʼiyati va irodasi bilan kōplarga ōrnak bōlayotgan Dilorom Yōldoşeva ōz hayot yōli, orzu-intilişlari hamda erişgan yutuqlari haqida sōzlab berdi.
⚡️Erkin muloqot tarzida keçgan uçraşuvda talabalar mehmonning hayotiy tajribasidan ilhom olib, ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📍Uçraşuv yakunida iştirokçilarga Dilorom Yōldoşevaning hayoti asosida suratga olingan “Matonat” badiiy filmi namoyiş etildi.