“Mening O‘zbekistonim” videoroliklar tanlovida ishtirok eting.
09/10/2025
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “Mening O‘zbekistonim” videorolik tanlovi – bu Vatanimizni sevuvchi, ijodkor, iste’dodli talabalar uchun katta imkoniyat!
✅ Tanlovning maqsadi: ↪️Talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish; ↪️Ijodiy, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etish; ↪️O‘zbekiston tarixi, madaniyati va yutuqlarini keng targ‘ib etish. 🎥 Tanlovda OTM talabalari – 1–10 kishilik jamoalar yoki yakka ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
📤Tanlovga davomiyligi 3-4 daqiqa, formati MPEG-4 bo‘lgan va muallifning o‘zi videoning kamida 60–70% qismida ko‘ringan materiallar qabul qilinadi. Ijodiy yondashuv, ovoz, montaj va badiiy mahorat alohida baholanadi
🏆Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi: ↪️1-o‘rin – 15 million so‘m ↪️2-o‘rin –12 million so‘m ↪️3-o‘rin – 10 million so‘m ↪️4-o‘rin – 8 million so‘m ↪️5-o‘rin – 5 million so‘m
🏆 Tanlovning oliygoh bosqichi g‘oliblari o‘zi tahsil olayotgan ta’lim tashkiloti tomonidan faxriy yorliq bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish (https://drive.google.com/file/d/1zVs4QdbiIs8aFPB4KY08kgaeocf3L7mx/view?usp=sharing)
Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar oliygohlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.