Rektor Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi

07/10/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev Aniq va tabiiy fanlar fakultetining fizika, kimyo va biologiya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 Uchrashuv davomida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

❇️ Rektor professor-o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borib, ularning fikr va takliflarini tingladi.