Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 5-fevral kuni ōtkazilgan videoselektor yiḡilişidagi ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida, 2025-2026 ōquv yili davomida oliy taʼlim muassasalari rektorlarining talabalar turar joylariga taşriflarini taşkil etiş bōyiça maxsus reja-grafik tasdiqlangan edi. Şu reja asosida institut rektori O.Ruziyev 3-4-sonli talabalar turar joyiga taşrif buyurdi.
Uşbu taşrifda rektor talabalarning fikr-mulohazalari va muammolarini çuqur ōrganiş maqsadida ular bilan oçiq va samimiy muloqot qildi. Talabalar yaşaş şaroitlarini atrofliça kōrib çiqib, aniqlangan muammolarni joyida hal etiş uçun masʼul şaxslarga aniq topşiriqlar berdi.
Suhbat yakunida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar uçun iliq, mehr-muhabbat bilan dasturxon yozildi, bu ōquv yurtida doimiy ravişda talabalar farovonligini taʼminlaş va ular bilan yuqori darajada muloqotni davom ettiriş aloqadorligini yanada mustahkamladi.